O‘zbekistonlik Adham Ergashev Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Erkaklar o‘rtasida -62 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Adham Ergashev dast ko‘tarish mashqi yakuniga ko‘ra musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi ushbu mashqda 125 kilogrammni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Siltab ko‘tarishda bahsida esa Adham Ergashev omadsizlikka uchradi va bu yo‘nalishda yuqori natijaga erisha olmadi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘zbekistonlik Marina Sisoyeva (-53 kilogramm) o‘z vazn toifasida medallar uchun kurashdan chiqib ketdi. U dast ko‘tarishda 88, siltab ko‘tarishda 105, jami 193 kilogramm natija bilan yettinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)