Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida Turinning “Yuventus” klubi mavsumdagi 27-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Florensiyada “Fiorentina” taslim etilgach, “Yuventus” chempionlik masalasini deyarli hal etdi. 24-aprel holatiga ko‘ra Turin klubi 85 ochko jamg‘argan. 34 ta o‘yinda maydonga tushgan “Napoli” 73 ochkoga ega.
25-aprel kuni “Napoli” turning markaziy o‘yinida “Roma”ga qarshi kurash olib boradi. Mazkur bellashuvda Neapol klubi ochko yo‘qotsa, “Yuventus” avtomatik tarzda chempionlikni qo‘lga kiritadi. Bordi-yu, o‘yin “Napoli”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetsa, u holda kelasi uch turdagi aqalli 1 ta durang ham “Yuventus”ni ketma-ket beshinchi marta Italiya chempioniga aylantiradi.
Qayd etish kerak, “Yuventus” va “Napoli” klublari joriy mavsum hisobidan o‘zaro o‘yinlarda 1 martadan g‘olib chiqdi. “Napoli” o‘z maydonida 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Turinda mezbonlar 1:0 hisobi bilan ustun kelgan. Ayni paytda “Yuventus”ning to‘plar nisbati yaxshiroq.
Italiya A seriyasi 35-tur bellashuvi 23-aprel, shanba
“Fiorentina” — “Yuventus” 1:2
Gollar: Mario Manjukich, 39 (0:1). Nikola Kalinich, 81 (1:1). Alvaro Morata, 83 (1:2).“Yuventus”: Janluidji Buffon, Shtefan Lixtshtayner, Patris Evra, Daniele Rugani, Leonardo Bonuchchi, Andrea Bartsali, Sami Xedira, Pol Pogba, Mario Lemina, Mario Manjukich, Paulo Dibala (Alvaro Morata, 70).25-aprel, dushanba“Roma” — “Napoli”“Verona” — “Milan”“Karpi” — “Empoli”
Izoh (0)