Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Markaziy katolik oliy maktabi basketbol jamoasi o‘yinchisi Jonatan Nikola hibsga olindi. Bu haqda “Sovsport.ru” xabar bermoqda.
The Washington Post gazetasida ma’lum qilinishicha, Nikola Kanadaga o‘tgan yilning noyabrida Janubiy Sudandan kelgan. U asl yoshini berkitib, o‘zini 17 yosh deb ko‘rsatgan, ammo uning aslida 30 ga kirgani aniqlangan.
Yolg‘on yo‘li bilan viza olgan Nikola Markaziy katolik oliy maktabida o‘qiy boshlagan. U maktabning basketbol jamoasiga qo‘shilib, yetakchi mavqeni egallagan. Jamoa murabbiyi hatto Nikola o‘zini Milliy basketbol uyushmasida ko‘rsata oladi, deb hisoblagan.
Izoh (0)