Germaniyaning Volkswagen AG avtokonserni AQSh hukumati tomonidan berilgan fuqarolik da’volari bo‘yicha to‘lovlar uchun o‘n milliard dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ni zaxira qilib saqlab qo‘yadi. Bu haqda, Bloomberg agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Volkswagen AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini tartibga soluvchi organ bilan “dizel mojarosi” tufayli kelib chiqqan zararni bartaraf etish bo‘yicha maqbul yechimni muhokama qilganligi va tomonlar kelishuvga erishganligi ma’lum qilinmoqda.
Germaniya konserniga zararni bartaraf etish bo‘yicha yangilangan rejani taqdim etish uchun berilgan muddat 21-aprel kuni tugaydi.
Volkswagen ushbu zaxira qilingan o‘n milliard summadan qancha qismini avtomobil egalariga yoki kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)