Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi harbiy gospitalda ikki hamshirani o‘ldirishda gumon qilingan oddiy askarlar Stepan Datsenko, Aleksandr Tomskiy va David Ziganshinlarga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Bu haqda, RF tergov qo‘mitasi Bosh harbiy tergov boshqarmasi bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tomskiy, Ziganshin va Datsenko. Foto: “Rosbalt”

Tomskiy, Ziganshin va Datsenko. Foto: “Rosbalt”

Tergovchilarning versiyasiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar 11-apreldan 12-aprelga o‘tar kechasi Mudofaa vazirligiga qarashli 442-harbiy klinik gospitalda kirish eshigi kalitini tortib olish maqsadida ikki hamshiraga hujum qilib, ularni o‘ldirgan. Bundan tashqari, aybanuvchilar tibbiy bo‘lim bemorlarining umumiy qiymati 20 ming rublga teng mobil telefonlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib ketgan.

Tilga olingan harbiylar Finlyandiyaga qochib ketishga uringanida qo‘lga olingan. Ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel, seshanbaga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgdagi harbiy gospitalda ikki nafar hamshiraning jasadi topilgan edi. Keyinchalik gumondorlarning ismi-sharifi aniqlandi. Gumonlanuvchilardan ikki nafariga oldinroq “asabiy reaksiya” va “asabiy holat”, uchinchisiga “psixopatiya” tashxisi qo‘yilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi