Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyarreal”ga qarshi (3:0) o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng o‘zini yaxshi his qilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Ronaldu o‘yinning so‘nggi daqiqalarida oyog‘ida og‘riq sezgani uchun maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Hujumchi uchrashuvdan so‘ng jarohati qanchalik jiddiy ekanini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tdi.
“Ahvolim yaxshi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga tashakkur”, – deb yozdi Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.
Ahvoli yaxshi bo’lishiga qaramay, portugaliyalik futbolchi 23-aprel, shanba kuni “Rayo Valyekano”ga qarshi Ispaniya chempionati 35-turini katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi. “Manchester Siti”ga qarshi 26-aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan YeChL yarim final dastlabki o‘yinida esa Ronaldu maydonga tusha oladi.
Izoh (0)