“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Deportivo”ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida maydonga tushib, argentinaliklar orasida La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi, deb xabar beradi “Chempionat”.
28 yoshli futbolchi La Ligada o‘zining 344-uchrashuvini o‘tkazdi va argentinalik sobiq yarim himoyachi Ariel Ibagasani (343 o‘yin) ortda qoldirdi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni Fernando Kaseras (339 o‘yin) band qilib turgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Pablo Dias (330) va Leo Franko (328) joy olgan.
Joriy mavsumda Lionel Messi La Liganing 29 o‘yinida 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)