Tailandda yuk avtomobili bilan poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi
Tailandda poyezdning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, bir necha kishiga shikast yetdi, deb xabar beradi “RBK”.
Yuk mashinasining haydovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan. Sakkiz nafar yo‘lovchi jabrlangan.
Avariya yuz bergan temir yo‘l tarmog‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar