Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 30-turida “Borussiya Dortmund” yirik g‘alabaga erishdi. Yevropa Ligasi yarim final yo‘llanmasini Liverpulda boy bergan klub, “Gamburg” darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.
Mazkur bellashuvda Genrix Mxitaryan, Marko Roys kabi futbolchilar maydonga tushmadi. Pyer-Emerik Obameyang esa uchrashuvga zaxiradan qo‘shildi.
Bu g‘alabadan keyin Dortmund klubining ochkolari 71 taga yetdi. Mavsum yakuniga 4 ta tur qolganida “Bavariya” 78 ochkoga ega. Kelasi turni “Bavariya” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turgan “Gerta” maydonida o‘tkazsa, “Borussiya Dortmund” Shtutgartga tashrif buyuradi.
17-aprel sanasidan joy olgan yana bitta o‘yinda “Kyoln” irodali g‘alabaga erishdi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Maynts” maydoniga tashrif buyurgan jamoa, 2 ta gol farqi bilan ortda qolishiga qaramay, yakunda 3 ta gol urishga erishdi.“Maynts” 30-turdan keyin 6-o‘rinda qayd etilgan. “Kyoln” esa 37 ochko bilan 10-pog‘onaga ko‘tarildi.
Germaniya Bundesligasi 30-tur bellashuvi 17-aprel, yakshanba
Izoh (0)