16-aprel, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:39 da Toshkentda hamda O‘zbekistonning yana bir qator shaharlarida kuchsiz yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda, Toshkent seysmostansiyasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Aytilishicha, zilzila epitsentri O‘zbekiston hududida, Toshkentdan 160 kilometr sharqroqda joylashgan. U yerda silkinish magnitudasi 4,8 ballni tashkil etgan. Tabiiy ofat o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Toshkentda silkinishlar magnitudasi 2, Farg‘onada 3, Namanganda 3–4 ballni tashkil etgan.
Izoh (0)