Rossiya politsiyasi Moskva markazida o‘ziga o‘t qo‘yishga uringan Kongo Respublikasi fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Starokonyushenniy tor ko‘chasida noma’lum fuqaro qo‘lida benzin kanistri bilan turganligi haqida xabar kelib tushdi”, — deydi huquqni muhofaza qilish organi vakili. Uning aniqlik kiritishicha, Taganrogda vaqtincha yashovchi Kongo Respublikasi fuqarosi vaqtinchalik boshpana olish uchun hujjat topshirgan va rad etilgan taqdirda o‘ziga o‘t qo‘yishga tayyor bo‘lgan.
Fuqaro vaziyatni oydinlashtirish maqsadida qo‘lga olingan. Shundan keyin u poytaxtdagi 3-sonli ruhiy shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)