Liviya g‘arbidagi Misurata shahri hududida ekstremistlarning xavfsizlik kuchlariga hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Misurata shahridan janubdagi nazorat-o‘tkazish punktida minalashtirilgan avtomobilning portlab ketishi natijasida bir nafar liviyalik kuch tuzilmalari xodimi halok bo‘ldi. Yana to‘rt kishi yaralandi.
IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining Misurata shahridan janubi-sharqdagi lagerga hujumi oqibatida yana besh kishi qurbon bo‘ldi. Ekstremistlar qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni o‘g‘irlab ketdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)