Nepalda odam to‘la avtobus 300 metr chuqurlikka tushib ketdi. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, transport vositasi Kotang tumanidan mamlakat poytaxti Katmanduga ketayotgan edi. Politsiya vakillarining ta’kidlashicha, avtobusda 40 dan ortiq odam bo‘lgan. Hozirgi paytda barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Tegishli idoralar hodisa sabablarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)