Angliyaning Xerrou shahrida shaxmat bo‘yicha Colin Crouch Celebration Chess Congress turniri yakunlandi. Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shveysarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat bo‘lgan mazkur musobaqada jami 44 shaxmatchi (ulardan olti nafari grossmeyster) g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Jahongir Vohidov to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan holda musobaqaning bosh sovriniga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shaxmatchi yanvar oyida Angliyada bo‘lib o‘tgan Tradewise Hastings Masters turnirida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)