Hindiston janubi-g‘arbidagi Kerala shtati Paravur shahridagi ibodatxonalardan birida yong‘in yuzaga keldi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Puttingal ibodatxonasidagi fojia natijasida kamida 83 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yaralandi. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonalarga yotqizildi.
Mahalliy OAVlar yozishicha, hodisa 10-aprel, yakshanba kuni ibodatxonadagi tantanalar chog‘ida otilgan mushaklar natijasida sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ko‘p sonli kishilar bir vaqtning o‘zida halok bo‘lishiga ibodatxonaga taqab qurilgan binoning qulashi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, yong‘in joyidan 1 km radiusdagi uylarning derazalari sinib ketgani aytilmoqda.
Izoh (0)