Somali poytaxti Mogadishoda 9-aprel, shanba kuni avtomobil portlashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaning rasmiy vakili Ahmad Xassam ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Poytaxtning Shibis hududida noma’lum kimsa masofadan turib restoran yaqiniga qo‘yilgan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Bu paytda restoranda o‘nlab kishilar ovqatlanayotgan bo‘lgan. Portlash tufayli kamida ikki kishi halok bo‘ldi”, — deya ta’kidlagan Ahmad Xassam.
Mazkur terakt uchun javobgarlikni hozircha biror guruh zimmasiga olmagan.
Izoh (0)