Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 4-turning yana ikkita bellashuviga yakun yasaldi. Avvalroq, “Obod” — “Qizilqum” o‘yinida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etilgandi.
Dastlabki uch turni mag‘lubiyatsiz yakunlagan “Buxoro” klubi “Qo‘qon—1912” maydonida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Qo‘qon shahri jamoasi bunga qadar o‘z maydonida 2 ta uchrashuv o‘tkazib, har ikkisida ham zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.
“Buxoro” o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab kelayotgan Oliy Liganing ikki jamoasidan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek, Toshkentning “Bunyodkor” klubi ham hozircha gol o‘tkazmagan.
Muborakda bo‘lib o‘tgan “Mash’al” — “Navbahor” o‘yinida esa mezbonlar mavsumdagi birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlabki ikki turni mag‘lubiyat bilan boshlagan “Mash’al”, 3-turda o‘z tarixida birinchi bor “Bunyodkor” maydonida ochko ishlagandi.
4 ta turda 8 ochko jamg‘argan “Buxoro” turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. 9-aprel holatiga ko‘ra klub “Paxtakor” va “Bunyodkor”dan oldinga o‘tib oldi. “Qo‘qon—1912” hisobida 6, “Mash’al”da 4, “Navbahor”da 1 ochko bor.
Oliy Liga 4-tur bellashuvlari 9-aprel, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Buxoro” 0:1
Gol: Salomat Qutiboyev, 78 (0:1).“Mash’al” — “Navbahor” 2:1
Gol: Shahzod Shaymanov, 45 (1:0). Dilshod Jabborov, 70 (1:1). Zafar To‘rayev, 76 (2:1).“Obod” — “Qizilqum” 2:2
Gollar: Ilhom Yunusov, 13-pen (0:1). Pavel Solomin, 25 (1:1). Shoxruz Norxonov, 57 (2:1). Fayzulla Qambarov, 86 (2:2).“Andijon” — “Neftchi”“Olmaliq” — “Metallurg”
10-aprel, yakshanba“Sho‘rtan” — “Bunyodkor”“So‘g‘diyona” — “Lokomotiv”
11-aprel, dushanba“Paxtakor” — “Nasaf”
Izoh (0)