Ginnesning Rekordlar kitobi o‘zining YouTube’dagi rasmiy kanalida “insonlar dominosi” bo‘yicha yangi dunyo rekordi videosini e’lon qildi.
Rolikning 23-mart kuni bo‘lib o‘tgan suratga olish jarayonida Atlantadagi (AQSh) Aaron’s Inc. kompaniyasining 1200 nafar xodimi ishtirok etdi. Ular ilonizi bo‘lib terildi va har birining ortiga matras qo‘yildi. Safda birinchi bo‘lib turgan erkak turtib yuborildi va uning qulashi zanjirli reaksiyani boshlab berdi: 13 daqiqa va 38 soniya ichida aksiyaning barcha qatnashchilari yotgan holatga keldi.
Aaron’s Inc. vakillari jahon rekordi o‘rnatilishiga “hissa qo‘shgan” matraslar kelgusida sotilishini ma’lum qildi.
https://youtu.be/TE5RdFFgW0w
Izoh (0)