“Barselona” jamoasi forvardi Luis Suares UEFA talqini bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Urugvaylik 29 yoshli futbolchi 51 foiz ovoz to‘plagan holda ushbu nomga da’vogar “Volfsburg” yarim himoyachisi Yulian Draksler (19%), “Bavariya” xavbeki Arturo Vidal (16%) va “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovichni (14%) katta farq bilan ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Suares “Atletiko”ga qarshi (2:1) YeChL chorak finalining dastlabki o‘yinida dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shuningdek, mazkur o‘yinda sariq kartochka bilan jazolangan Suares raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynaganini hakam payqaganida, ikkinchi ogohlantirish olib, o‘yindan chetlatilishi ham mumkin edi.
Izoh (0)