Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida joriy yilning 7-aprel kuni Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasining yangi tayinlangan prezidenti Kim Yon Sob bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar beradi.
Uchrashuv davomida tomonlar LG CNS Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rivoji xususida fikr-mulohazalarini bayon etdi. Xususan, xalqaro andoza talablariga javob beradigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb etish va mahalliy kadrlar salohiyatini oshirib borish, xorijiy bozorga chiqish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.
LG CNS kompaniyasiga 1987-yilda LG korporatsiyasi tomonidan asos solingan. U Janubiy Koreyada axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha o‘ndan ortiq hududiy ofisiga ega bo‘lib, ulardagi xodimlar soni olti ming kishini tashkil etadi.
Izoh (0)