2016-yilning 5—6-aprel kunlari Pekin shahrida ShHTga a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Doimiy guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Majlis davomida ShHT doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va tashkilotning bo‘lajak tadbirlarida imzolanishi ko‘zda tutilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan ShHTga a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar Rejasini inventarizatsiya qilish va 2017—2021-yillarda tashkilot doirasida loyihaviy faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar Ro‘yxatini tayyorlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Qirg‘izistonda ShHTga a’zo davlatlarning fan va texnologiya vazirliklari rahbarlari yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)