Avval xabar berganimizdek, Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda endi boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma berilishi belgilab qo‘yildi. Ushbu yangilik fuqarolarda ko‘plab savollarni yuzaga keltirgani tufayli, Mehnat vazirligi poytaxtga boshqa shaharlardan kelgan shaxslarga guvohnoma berilishi va ularning ishga joylashishi haqidagi ba’zi masalalarga aniqlik kiritdi, deb yozadi “Norma.uz”.
Xususan, unda aytilishicha, Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro Toshkentda va Toshkent viloyatida vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Toshkent shahrida vaqtinchalik yoki doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqaro Mehnat vazirligining bandlikka ko‘maklashish tuman yoki shahar markazlari qoshidagi vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin:
- Uchtepa tumani — Sakkokiy ko‘chasi, 64, telefon: 247-71-30;
- Chilonzor tumani — Kichik halqa yo‘li (“Abu Saxiy” bozori yaqinida), telefon: 279-48-08;
- Yashnobod tumani — Toshkent halqa yo‘li, Qo‘yliq dahasi, telefon: 523-36-32;
- Shayxontohur tumani — Toshkent halqa yo‘li, Ibn Sino dahasi, 2, telefon: 218-49-23;
- Yunusobod tumani — Yunusobod-16, 16A, telefon: 706-22-52;
- Sirg‘ali tumani — Sirg‘ali, Sputnik-17, 16, telefon: 257-71-63;
- Olmazor tumani — Forobiy ko‘chasi, 1, telefon: 947-66-94;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 1, 263-81-21.
Izoh (0)