Baxtli chipta sohibi bo‘lgan noma’lum kishi Britaniyaning Lotto lotereyasi tarixidagi eng yirik jekpotni yutib oldi. Yutuq hajmi 35 million funtdan (49,5 million dollar atrofida) oshadi. Bu haqda Independent nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Bugungi o‘yinda chipta sohiblaridan biri hayratlanarli darajadagi 35,1 million funtga teng jekpotni yutib oldi. Bu o‘yin tarixida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqdir va u haqiqatan ham hayotni o‘zgartirishga qodir”, — dedi Britaniya “Milliy lotereyasi” vakili.
Ta’kidlash joizki, yanvar oyida bundan ham kattaroq summa 66 million funt (93 million dollardan ortiq) o‘ynalgan edi. Biroq o‘shanda yutuq summasini ikki ishtirokchi bo‘lib olgan edi. Shuning uchun oxirgi yutuq yakka holda yutib olingan rekord darajadagi jekpotdir.
Izoh (0)