Toshkent shahar hokimi “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qilgan.
Qarorga ko‘ra, joriy yilning 1–aprelidan boshlab jamoat transportidan foydalanishda quyidagi tariflar belgilangan:
Shahar yo‘lovchi tashish transporti – avtobus, tramvay va metroda yurish uchun cheklangan tariflar:
- Bir yo‘lovchi uchun – 1200 so‘m;
- Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 2400 so‘m.
- “A” seriyasidagi umumiy oylik yo‘l chiptasi – 120000 so‘m;
- “N” seriyasidagi nafaqadorlar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
- “T” seriyasidagi talabalar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
- “O‘” seriyasidagi o‘quvchilar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
- “AVTOBUS” seriyasidagi oylik yo‘l chiptasi – 96000 so‘m.
Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilarni tashishda yo‘l haqining cheklangan narxi (1 kilometr masofa uchun):
- “Ekonom klass” toifasidagi (Matiz, Spark, Nexia rusumli) avtomobillar uchun – 600 so‘m;
- “Biznes klass” toifasidagi (Cobalt, Lacetti, Epica rusumli) avtomobillar uchun – 900 so‘m.