Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov yaqin vaqt ichida Bashar Asadning taklifi bilan Suriyaga borishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Prezident Asad ikki marta taklif qildi... Mehmonga. Shunchaki, borish uchun vaqt bo‘lmayapti... Albatta bormoqchiman”, — dedi Qodirov.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Checheniston rahbarligi uchun saylovlardan oldin amalga oshadi.
Qodirov avval ham bir marta Damashqqa borganligini, faqat bu urushdan oldin bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)