Navro‘z bayrami 2016-yil dekabrida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin, deb yozadi UzDaily.
Navro‘zning yangilangan nominatsiyasini YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni qo‘riqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi ko‘rib chiqadi. Navro‘zni ushbu ro‘yxatga kirish uchun nomzod sifatida 12 ta mamlakat ilgari surgan.
Nashr ta’kidlashicha, 29-mart kuni Parijdagi YuNESKO bosh qarorgohida Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya Xalqaro Navro‘z kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazdi.