Xudkush terrochilar Iroq poytaxti va mamlakat janubida uyushtirgan uch hujum oqibatida kamida 14 kishi qurbon bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xudkush kamaridan foydalangan holda amalga oshirilgan ikki hujum Bag‘dod shimolida ro‘y berdi. Shia ko‘ngilli jangchilariga hujum oqibatida besh kishi, yana besh kishi armiya va politsiya blokpostidagi portlashda nobud bo‘ldi. Mamlakat janubidagi Nosiriya shahrida mahalliy qahvaxonaga uyushtirilgan hujum tufayli kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi.
Hozircha hech bir guruh mazkur teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.