Xitoyda 2015-yili xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida 438 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. 4599 nafar politsiyachi esa jarohat olgan. Bu haqda mamlakat jamoat xavfsizligi vazirligi saytida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Interfaks”.
Xitoyda islohotlar va ochiqlik siyosati yuritilayotgan 1978-yildan beri jami 13 ming nafar politsiyachi nobud bo‘lgan, 180 mingga yaqin huquq-tartibot xodimi yaralangan. Shu bilan birga, Xitoyda keyingi o‘n yillikda qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlar soni kamaygani qayd etilmoqda.