Panamaning Mossack Fonseca huquqshunoslik kontorasining ofshorlar va mijozlar bitimlari haqidagi hujjatlari tarqalib ketishi va OAVlarda chop etilishi “jinoyat” hisoblanadi. Bu haqda uning asoschilaridan biri Ramon Fonseka ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Bu jinoyat, qattiq jinoyat. Maxfiylik insonning asosiy huquqi hisoblanadi, u zamonaviy dunyoda tobora yemirilib ketmoqda”, — dedi u.
Fonseka ta’kidlashicha, “har bir kishi, qirol yoki gado bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga ega”. U, shuningdek, axborotning chop etilishini “Panamaga hujum” deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panama prezidenti Xuan Karlos Varela o‘z mamlakati jurnalistlar xalqaro konsorsiumi tomonidan ofshor kompaniyalar orqali amalga oshirilgan kelishuvlar haqida chop etilgan maqolalar “izidan borib” qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar bilan faol hamkorlikka tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Mossack Fonseca kompaniyasi ma’lumotlar bazasidan axborot chiqib ketishi natijasida OAVlarda qator dunyo yetakchilari va ularning yaqinlari pul yuvish va soliqlardan bosh tortish bo‘yicha sxemalarga aloqadorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.