AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Tramp AQSh NATOdan chiqishi lozim deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Bu haqda Washington Post nashri ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
“Men NATOdan chiqaman demadim (prezidentlikka saylangan taqdirda). Men birinchi navbatda NATO eskirgan dedim”, — dedi u nashrga bergan intervyusida.
Avvalroq prezidentlikka nomzod Shimoliy Atlantika ittifoqini tanqid qilgan edi.
“Hozirda eng katta tahdid bu IShID terrorchilik tashkiloti hisoblanadi, shunday emasmi? NATO esa terrorchilikka qarshi kurashish uchun mo‘ljallanmagan. Tashkilot asosan Sovet Ittifoqiga qarshi turish uchun shakllantirilgan. Hozir esa Sovet Ittifoqi yo‘q”, — deb ta’kidladi Tramp.
Oldinroq Donald Tramp Viskonsin shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida AQShning NATOdagi ittifoqdoshlarini tashkilot faoliyatiga adolatli hissa qo‘shmaslikda ayblagan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)