Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Rafael Varan “Barselona”ga qarshi Ispaniya chempionati 31-turini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
Fransiyalik futbolchi terma jamoa yig‘inida boldir mushaklarini shikastlagani uchun “Real”ning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan. U “El-Klasiko”da maydonga tushmasligi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 2-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.
Izoh (0)