25-mart kuni Checheniston respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ramzan Qodirov o‘z jamoasining ishidan mamnunligini va sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etib, g‘alaba qozonsa, uning tarkibini o‘zgartirmasligini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Agar saylovlar bo‘lib o‘tsa, agar ishtirok etsam, agar saylovlarda g‘alaba qozonsam, bugungi jamoa meni to‘liq qanoatlantiradi”, — dedi siyosatchi agentlikka bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u jamoasida ayrim pozitsion o‘zgarishlar qilib turishini tan oldi.
“Bir yo‘nalishda ishlayverib charchagan insonni uzoq muddat u joyda ushlash yaxshimas, boshqa yerga o‘tkazish lozim. Ma’muriyatim rahbari Islom Qodirovni olaylik — u mer edi, keyin mol-mulk va yer munosabatlari vaziri bo‘ldi. Idris Cherxigov xavfsizlik kengashida ishladi, kotibiyatda ishladi, ma’muriyatda ishladi, vazir bo‘lib ishladi”, — deb misol keltirdi Qodirov.
Izoh (0)