Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi doirasidagi Toshkentning “Lokomotiv” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “temiryo‘lchilar”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Toshkent klubi dastlabki ikki turda ham vodiy jamoalari bilan to‘qnashib, avvaliga Namanganda “Navbahor”ni (3:2) keyinroq Andijonda “Andijon” klubini (3:1) mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, 2016-yil hisobidan “Lokomotiv” xorij klublari bilan uchta, O‘zbekiston jamoalari bilan esa to‘rtta rasmiy o‘yin o‘tkazdi va ularning birortasida ham mag‘lub bo‘lmadi.
9 ochko jamg‘argan “Lokomotiv” turnir peshqadamiga aylandi. Kecha, 31-mart kuni o‘z maydonida “Mash’al”ni mag‘lub eta olmagan “Bunyodkor” 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Neftchi” hisobida 3, “Mash’al”da 1 ochko mavjud.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 3-tur uchrashuvi 1-aprel, juma
“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona) 2:0
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 30 (2:0). Marat Bikmayev, 49 (3:0). Kaxi Maxaradze, 75 (4:0).3-turning yana ikki o‘yini bugun, 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 2-apreldagi 4 ta o‘yin bilan 3-turga yakun yasaladi.
1-aprel, juma“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent)“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent)
2-aprel, shanba“Qo‘qon—1912” (Qo‘qon) — “Andijon” (Andijon)“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq)“Metallurg” (Bekobod) — “Sho‘rtan” (G‘uzor)“Navbahor” (Namangan) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)
Izoh (0)