Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtati markazi — Kalkutta shahrida yangi qurilayotgan estakadaning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi. Bundan tashqari, 90 kishi vayronalar ostidan chiqarib olindi, deb xabar beradi “TASS”.
Oldinroq hodisa oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Fojia shaharning eng gavjum tumanlaridan biri bo‘lgan Bara Bazarda sodir bo‘ldi. Konstruksiyaning 100 metrlik uchastkasi ostidan o‘tadigan ko‘cha va undagi avtomashinalar hamda savdo do‘konlari ustiga to‘kilib tushdi. 150 kishi vayronalar ostida qolib ketdi. Kamida 75 kishi og‘ir yaralangani aytilmoqda.
Tashqi kuzatuv kameralari qaydlaridan ma’lum bo‘lishicha, ko‘prik qulashi chog‘ida uning ostidan bir nechta yengil mashina va bitta yo‘lovchi avtobusi o‘tib ketayotgan edi. Qutqaruvchilar hali ularni topa olmadi.
Izoh (0)