Moskva birjasidagi savdolarda dollar kursi o‘tgan yil dekabrining boshidan buyon birinchi marta 67 rubldan pastga tushdi. Mahalliy vaqt bilan soat 14:20 da 1 dollar 66,9 rublga tenglashgani qayd etildi. Oxirgi marta bunday kurs 2015-yilning 2-dekabrida kuzatilgan edi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
30-mart, chorshanba kuni biroz tushgan Brent nefti narxi bir kun o‘tib yana ko‘tarila boshladi va barreliga 40,40 dollarga yetdi.
O‘z navbatida, AQShda yoqilg‘i zaxirasi navbatdagi rekordni qayd etib, 534,8 million barrelga yetgani haqidagi ma’lumotlar chop etilganidan so‘ng WTI neftining narxi tushishda davom etmoqda.
Izoh (0)