2002-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, vengriyalik yahudiy millatiga mansub yozuvchi Imre Kertes uzoq davom etgan xastalikdan keyin 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
1944—1945-yillarda Osvensim va Buxenvald tutquni bo‘lgan Kertes 1975-yili konslagerga tushib qolgan yahudiy bolakay tilidan yozilgan “Taqdirdan xoli” romanini chop ettirdi. 1988-yilda ushbu mavzu davom ettirilgan ikkinchi roman — “Fiasko” e’lon qilindi. Oradan ikki yil o‘tib trilogiyaning uchinchi qismi — “Tug‘ilmagan chaqaloq uchun duo” ham o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Kertes adib sifatida shundan keyin xorijda tanildi, asarlari ingliz tiliga o‘girildi. U uzoq muddat nemis tilidan tarjimalar bilan kun kechirgandi.
Izoh (0)