Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri Maggi de Blok 29-mart kuni Bryusseldagi teraktlar natijasida 32 kishi halok bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda AFP ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Belgiya hukumati tomonidan 35 kishi qurbon bo‘lganligi haqida 28-mart kuni taqdim etilgan ma’lumot xatolik tufayli olingan.
Vazirlikning bayonotiga ko‘ra, uchta ism teraktlar yuz bergan joyda halok bo‘lganlar ro‘yxatiga ham, shifoxonaga yotqizilgandan keyin vafot etganlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.
Belgiya prokuraturasining ma’lum qilishicha, barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan. Ulardan 17 nafari Belgiya fuqarosi, 15 nafari esa boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lgan.
De Blokning xabar qilishicha, 94 kishi hamon shifoxonalarda qolmoqda.
Izoh (0)