Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olib, ekipajni Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘nishga majbur qilgan Ibrohim Samaha sobiq rafiqasi — kiprlik Mariya Parasxuga atab yozilgan to‘rt betli maktubni samolyot bortidan tashqariga uloqtirdi. Bu haqda, Gretsiyaning “Vima” nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, maktub arab xatida yozilgan.
Mariya Parasxu politsiya kuzatuvi ostida aeroportga yetib kelgan va endilikda sobiq turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashishga urinmoqda.
Izoh (0)