“Oltin to‘p–2015” taqdimot marosimi boshlovchisi Keyt Ebdo mazkur mukofotga da’vogar bo‘lgan futbolchilar xatti-harakatlari haqida gapirib berdi, deb xabar qiladi “Sports.ru”.
“Messi juda xotirjam va sokin edi. U og‘ir va bosiq, hatto biroz tortinchoq. Ronaldu esa har doimgidek o‘ziga ishongan holatda bo‘lib, kameralar qarshisida o‘zini erkin tutdi. Bu juda qiziqarli bo‘ldi. Chunki biz Ronalduni TV orqali juda ko‘p ko‘rganmiz. U katta brend va butun dunyo uni yaxshi taniydi.
Ronaldu marosimda Neymar bilan birga bo‘ldi. Messi va Neymar jamoadosh bo‘lishiga qaramay, aynan Ronaldu braziliyalik futbolchini hamma joy bilan tanishtirdi va Neymarga hamma gaplarni tarjima qilib berishlariga ko‘z-quloq bo‘lib turdi. Portugaliyalik hujumchi Neymarga nisbatan ancha g‘amxo‘r edi. U nima qilayotganini bilardi. Menimcha, buni hech kim kutmagan edi”, – deydi marosim boshlovchisi Keyt Ebdo.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 2015-yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Izoh (0)