Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu moda va imidj borasidagi masalalar uning hayotida muhim rol o‘ynashini tan oldi. “Chempionat.com”ning yozishicha, portugaliyalik futbolchi doimo ko‘rkam ko‘rinishni istashini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Men chiroyli kiyinishni yoqtiraman va ko‘rkam ko‘rinish uchun harakat qilaman. Mening brendim o‘sishda davom etmoqda. Ammo bu hozircha hayotimdagi asosiy maqsad hisoblanmaydi”, — dedi futbolchi.
“Modalar olami futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng hayotimning asosiy mazmuniga aylanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Krishtianu Ronaldu.
Izoh (0)