Britaniyaning Daily Mail gazetasi AQSh prezidenti Barak Obama Kubaga tashrifi doirasida beysbol uchrashuviga taqib borgan dizaynerlik ko‘zoynagining narxini aniqladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, AQShning Oliver Peoples brendi tomonidan ishlab chiqilgan aksessuar 485 dollar turadi. Obama shu yilning fevral oyida Kaliforniya shtatiga uyushtirgan safarida ham aynan shu ko‘zoynagini taqqan edi.
Ilgari Obama RayBans brendining 170 dollarlik ko‘zoynagidan foydalanar edi.
Izoh (0)