OPEK rahbariyati neft narxi o‘rta darajada ko‘tarilishi borasida prognoz berganidan so‘ng 22-mart, seshanba kuni qora oltin narxi barqarorlasha boshladi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“O‘ylashimcha, narxlar quyi nuqtadan o‘tdi. Narxlar yuqori darajaga ko‘tariladi deb o‘ylamayman, ammo ular maqbul ko‘rsatkichga yetib borishiga umid qilaman”, — degan edi OPEK bosh kotibi Abdulla al-Badriy 21-mart kuni. Ertasiga jahonning yirik birjalarida narxlarning barqarorlashishi kuzatildi.
Jumladan, Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining may oyi fyucherslari barreliga 41,57 dollarga, Nyu-Yorkning NYMEX tovar birjasida WTI neftining may oyi fyucherslari esa barreliga 41,61 dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)