O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rostov-Donda Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti halokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maktubda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirilib, samimiy hamdardlik izhor etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri o‘zbekistonlik bo‘lgan.
Izoh (0)