“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i 2015-yilning 1-aprel kuni cheklangan miqdorda “gapiruvchi” xaltalarni muomalaga chiqargan edi. “Bu yilgi paketlar Sizning so‘zlaringiz bilan “gapirishi”ni istaymiz. Shu munosabat bilan, paketlarimiz uchun muallif bo‘lishga taklif qilamiz”, — deyiladi tarmoqning Facebook’dagi e’lonida.
Xabar berishlaricha, xaridorlar tomonidan taklif qilingan eng kulguli 12 ta ibora supermarketning 1-aprel kuni chiqariladigan paketlarida foydalaniladi, iborasi tanlab olingan mualliflar esa Next savdo-ko‘ngilochar markazidagi Korzinka.uz’dan mahsulotlar xarid qilish uchun 100 ming so‘mlik vaucher bilan taqdirlanadi.
“Tanlov 20-mart kuni ham davom etadi. Hajviy salohiyatingizni to‘liq ishga solib, tanlovimizda ishtirok eting!”, — deyiladi supermarketlar tarmog‘ining Facebook’dagi e’lonida.
Izoh (0)