Toshkent shahrida 18-mart kuni 5 millimetr, Samarqand shahrida 7 millimetr, Termiz shahrida esa 1 millimetr yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 18-mart kuni O‘zbekistonning Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan boshqa hududlarida yomg‘ir yoqqan, ba’zi hududlarda yomg‘ir qisqa muddat qorga aylangan.
18-mart kuni O‘zbekiston shaharlarida havo harorati quyidagi darajagacha ko‘tarilgan: Samarqand shahrida +3 daraja iliq, Jizzax, Guliston, Qarshida +6 daraja iliq, Toshkent shahrida +7 daraja iliq, Farg‘ona, Termizda +8 daraja iliq, Nukusda +9 daraja iliq, Navoiy, Namanganda +10 daraja iliq, Buxoro, Andijonda +11 daraja iliq, Urganchda +12 daraja iliq.
19-martga o‘tar kechasi eng past havo harorati quyidagicha bo‘lgan: Buxoro, Samarqand, Jizzax va Gulistonda 0 daraja, Toshkent, Navoiy shaharlarida +1 daraja iliq, Qarshi, Termizda +2 daraja iliq, Namanganda +3 daraja iliq, Nukus, Urganch, Andijon va Farg‘ona shaharlarida +4 daraja iliq.
Izoh (0)