Meksikada hafta davomida gripp xastaligidan vafot etganlar soni 95 nafarni tashkil etdi. 2015-yilning oktabridan buyon jami vafot etganlar soni esa 277 kishiga yetdi. Bu haqda Lotin Amerikasidagi mamlakatning Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Meksikada grippning turli viruslarini yuqtirib olishning jami 7,2 mingta holati qayd etilgan. Kasallikning eng ko‘p soni Mexiko shahri, Xalisko, Tlaskala va Puebla shtatlarida qayd etilgan.
O‘lim holatining yuqori ko‘rsatkichlari Xalisko, Sinaloa, Mexiko shtati, Verakrus va Quyi Kaliforniyada qayd etilganligi ma’lum qilinmoqda.
Barcha o‘lim holatlarining 204 tasi cho‘chqa grippiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)