Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston harbiy xizmatchilari Sharqiy Pomir tog‘li hududlarida noqonuniy yirik shartli tuzilmani yo‘q qildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“201-harbiy bazaning razvedkachi va motoo‘qchilari Tojikiston qurolli kuchlari maxsus topshiriqli bo‘linmasi bilan hamkorlikda Sharqiy Pomir tog‘li hududlarida noqonuniy, qurollangan shartli tuzilmani yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Harbiylar tog‘ning yuqori qismida joylashgan aholi punktini egallab olish va kishilarni garovga olishga uringan shartli jangarilarni topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma taktik harakatlarni ishlab chiqqan.
Mashg‘ulotlarda 200 ga yaqin harbiy qatnashib, 20 ga yaqin harbiy va maxsus texnika jalb etilgan.
Izoh (0)