Iordaniyada falastinliklarni olib ketayotgan avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘lovchilarning kamida 16 nafari halok bo‘ldi, 30 nafari jarohat oldi. Bu haqda “VAFA” agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fojia mamlakat janubida, Saudiya Arabistoni chegarasiga yaqin hududda sodir bo‘ldi. Falastinliklar ziyoratdan qaytayotgan edi.
Iordaniya fuqarolik mudofaasi xizmati vakili Farid ash-Shara’ning so‘zlariga qaraganda, avtobus ziyoratdan qaytish chog‘ida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan va ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)