Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 4-mart kungi “Ukraina xavfsizligi va mudofaasi sohasini rivojlantirish konsepsiyasi haqida”gi qarorini kuchga kirituvchi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Poroshenko tomonidan imzolangan hujjatda “Ukrainani yo‘q qilish va uning hududini egallab olish maqsadida Ukraina iqtisodiyotini izdan chiqarish va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni barbod qilish uchun yo‘naltirilgan Rossiyaning tajovuzkorona tahdidi, harbiy kuchlar, shuningdek, gibrid urush texnologiyasini qo‘llashi” o‘rtacha muddat uchun mo‘ljallangan kelajakda eng muhim masalaligicha qolishi haqida ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, NATOga a’zo davlatlar va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda harbiy harakatlarni joriy etish uchun Ukraina hududidan foydalanish ehtimoli ham xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘riladi.
Izoh (0)