“Vyatskiy kvas” brendi ostida kvas ishlab chiqaruvchi Kirov (Rossiya)ning “Vyatich” kompaniyasi meldoniy qabul qilganini tan olgan rossiyalik tennischi Mariya Sharapovani qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Shu kunlarda Mariyaning elektron pochtasiga u bilan hamkorlik qilish haqida xabar jo‘natdik. U o‘ylab ko‘rish uchun bir necha kun muhlat so‘radi. Mariyaning muammosi bizni xavotirga solmoqda, chunki u bizning hamyurtimiz. Bir qancha kompaniyalar u bilan hamkorlikni to‘xtatgani bois, Mariya tushkunlikka tushgan. Shu sababli, uni hurmat va vatanga bo‘lgan sadoqat yuzasidan qo‘llab-quvvatlash niyatimiz bor. Mariya bilan uning o‘ziga qulay shaklda hamkorlik qilishga tayyormiz”, – deb kompaniya vakili Mariya Pechyonkina so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Interfaks”.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq doping bilan bog‘liq muammo tufayli Nike va TAG Heuer kabi mashhur brendlar hamda BMT tashkiloti Mariya Sharapova bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)